SIZGA

Tunda… nogoh uyg’onasizmi, Dilingizga kirgan titroqdan? Turasizmi og’ir xo’rsinib, Chiqasizmi asta yotoqdan? Ochasizmi derazalarni, Qaraysizmi… Oyga to’kilib? Ko’ksingizning ostida nadir Yashayotgan bo’lar o’kinib. Yodimga o’tsa xayolingizdan Tushasizmi siz ham larzaga? Rozimisiz hayotingizdan Menga bergan oniy lahzaga? Yolg’izlikning girdoblarida Chorasizlik bo’lganida tosh. Mening uchun yuragingizdan To’kasizmi biron tomchi yosh? Kesib o’tsa nigohingizni Muhabbatning qovjiroq labi, Siz […]

Uskunalar paneliga o'tish